Kub — bu muntazam parallelepipeddir. Uning barcha tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped hisoblanadi.

Quyidagi jadvalda kub va unga o`xshash buyum (shoshqol toshi)  tasvirlangan.

Kub geogebra

Kubning 6 ta yoqlari, 12 ta qirrasi va 8 ta burchagi bor. Har bir yoq kvadrat shaklida bo‘ladi.

Quyidagi rasmda kub va uning elementlari tasvirlangan.

geogebra

Kubqirralariuzunliklariyig'indisi

Qirralar — bu parallelepipedning chetki chiziqlari. Kubda 12 ta qirra bor va har bir qirraning uzunliklari teng.

Kubning barcha qirralari uzunliklari yig'indisini topish uchun qirralari soniga, qirrasining uzunligini ko'paytiramiz.

geogebra
L=12·a

L-qirralari uzunliklari yig'indisi, a-qirrasining uzunligi

Kubningyoyilmasi

Yoyilma — bu parallelepipedni tekis yuzada ochib yozish natijasida hosil bo‘ladigan shakl.

Yoyilma kubning 6 ta yoqlarini namoyon qiladi. Bu yoqlar to‘rtburchaklar shaklida bo‘ladi.

Masalan: Qutini ochib yoyib qo‘ysangiz, uning yoyilmasini ko‘rasiz.

Kubning yoyilmasi-bu kubning barcha yoqlari bir tekislikda joylashtirilgan shaklidir.

Quyidagi rasmda kub va uning yoyilmasi tasvirlangan.

geogebra

To'g'riburchakliparallelepipedvakubninghajmi

Hajm — bu biror shaklning ichidagi joyning miqdori. Ya’ni, shakl ichiga necha birlik kub sig‘ayotganini hisoblash demakdir.

Siz bilan birgalikda to`g`ri burchakli parallelepiped va kubning hajmini qanday topishni o`rganib chiqamiz.

To'g'ri burchakli parallelepipedning hajmini topish uchun uning enibo'yi va balandliklarining uzunliklarini ko'paytiramiz.

geogebra

V=a·b·c

Bu yerda:

  • — to`g`ri burchakli parallelepipedning eni
  • — to`g`ri burchakli parallelepipedning bo‘yi
  • — to`g`ri burchakli parallelepipedning balandligi
  • V— to`g`ri burchakli parallelepipedning hajmi

Kubning hajmini topish uchun esa uning enibo'yi va balandliklarining uzunliklarini ko'paytiramiz.

geogebra

V=a·a·a

Bu yerda:

  • — kubning bitta qirrasi uzunligi
  • — kubning hajmi

Bugun biz kub qirralari uzunliklarining yig‘indisi , kubning yoyilmasi , kub va to`g`ri burchakli parallelepipedning hajmi haqida o‘rganib chiqdik. Sizlar bilan birgalikda quyidagi muhim bilimlarni muvaffaqiyatli egalladik:

  1. Kub qirralari uzunliklarining yig‘indisi — bu kubning barcha chetlarini o‘lchash orqali topiladi.
  2. Kubning yoyilmasi — bu kubni tekis yuzada ochib yozish natijasida hosil bo‘ladigan shakl.
  3. Kub va to`g`ri burchakli parallelepipedning hajmi — bu kub va to`g`ri burchakli parallelepipedning ichki qismi, ya’ni uning sig‘imi.

Endi sizlar kub va to`g`ri burchakli parallelepiped haqida ko‘proq bilimga ega bo‘ldingiz. Bu sizga hayotda ham, o‘qishda ham katta yordam beradi.

Mukammallik geometriyada yashiringan. Kub – bu tabiiy muvozanat va mustahkamlik timsolidir.

Leonardo da Vinchi